"Real Madrid"ning sobiq futbolchisi yangi klubga o‘tishga yaqin
"Real Madrid" va PSJning sobiq darvozaboni Keylor Navas faoliyatini Chilida davom ettirishi mumkin.
"Redgol" nashrining ma’lum qilishicha, Navas Chilining "Kolo-Kolo" klubiga o‘tish arafasida turibdi. Avvalroq, 38 yoshli darvozabon "Boka Xuniors" jamoasiga o‘tishi mumkin edi. Biroq tomonlar o‘zaro kelishuvga erisha olmadi.
Ma’lumot uchun, Keylor Navasning so‘nggi klubi PSJ hisoblanadi. U o‘tgan yilning yozida shartnoma muddati tugagandan so‘ng jamoani tark etgan edi.
Fikrlar