"Real Madrid"ning taklifini 2 marta rad etganman
"Liverpul" klubining sobiq hujumchisi Roberto Firmino "Real"ga o‘tishdan voz kechgani haqida gapirdi.
"Haqiqatdan ham "qirollik klubi" menga ikki marta taklif yuborgan ammo shaxsan o‘zim bu takliflarni rad etganman. Avvaliga "Xoffenxaym"da o‘ynab yurgan vaqtimda menga taklif bilan chiqishgandi, ammo "Liverpul"ga o‘tishni afzal ko‘rganman. Keyinchalik esa "qizillar"ni tark etish vaqtimda yana ular meni sotib olish istagi borligini aytishdi, ammo men buni istamadim", - dedi braziliyalik futbolchi.
Roberto Firmino 2015 yildan 2023 yilgacha mersisaydliklar sharafini himoya qilgan. Shu vaqt oralig‘ida Evropa Chempionlar ligasi, Angliya Premer-ligasi, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati, UEFA superkubogi va Angliya kubogi va Liga kubogida g‘alaba qozongan.
Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli forvard ayni vaqtda Qatarning "Al-Sadd" klubida faoliyat olib bormoqda.

Fikrlar