"Real Madrid"ning yana bir muhim futbolchisi safdan chiqdi

  • 28.11.2024 18:05
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga jarohat sababli bir necha o‘yinni  o‘tkazib yuboradi. Bu haqda "El Chiringuito" xabar berdi.

"Real" yarim himoyachisi Aleksis Mak Allister bilan to‘qnash kelganidan so‘ng o‘yinni davom ettira olmadi.

Jurnalist Xose Luis Sanchesning "El Chiringuito" efirida ma’lum qilishicha, Kamavinga 2-3 haftani o‘tkazib yuboradi. Futbolchi 14 dekabr kuni "Rayo Valekano"ga qarshi bahsda maydonga qaytishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!