"Real" "Manchester Siti" himoyachisini sotib olmoqchi

  • 19.04.2023 16:45
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
"Manchester Siti" markaziy himoyachisi Emerik Lyaport Ispaniya chempionatiga qaytishi mumkin. "Todofichajes" nashrining malum qilishicha, futbolchining xizmatlariga "Real" Madrid qiziqmoqda.
 
"Qirollik klubi" David Alaba o‘rniga himoya markazida Lyaportni o‘ynatmoqchi. Madridliklar avstriyalik futbolchini chap qanotga o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
 
Emerik va "shaharliklar" o‘rtasidagi shartnoma 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Himoyachining transfer qiymati taxminan 40 million evroga baholanmoqda.
 
Ma’lumot uchun, 28 yoshli himoyachi joriy mavsumda premer-liganing 8 o‘yinida maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!