“Real” “Manchester Siti” hujumchisini oladigan bo‘ldi

  • 21.05.2023 07:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida hujum chizig‘iga kuchli futbolchi olib kelishni mo‘ljallayapti.

Fichajes nashrining ma’lum qilishicha, madridliklar “Manchester Siti”ning argentinalik hujumchisi Xulian Alvaresni transfer qilishni rejalashtirmoqda.

Iste’dodli futbolchi yaqin kelajakda Karim Benzemaning o‘rnini to‘liq egallashi kutilyapti.

“Manchester Siti” 23 yoshli futbolchini o‘tgan yilning boshida “River Pleyt”dan 21,4 million evroga xarid qilgan edi. Alvares Evropaga ko‘chib o‘tganidan keyin jami 46 ta uchrashuvda qatnashib, 16 ta to‘p kiritdi.

Markaziy hujumchi Argentina terma jamoasi safida Qatardagi jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!