«Real» Marselonning 17 yoshli oʻgʻlini asosiy jamoaga jalb etmoqchi
«Real» afsonasi Marselonning 17 yoshli oʻgʻli Enzo Alves joriy mavsum asosiy tarkibda debut qilishi mumkin.
Madridning «Real» klubi tarkibida yana bir tanish familiya paydo bo‘lishi mumkin. 17 yoshli hujumchi Enzo Alves — jamoa afsonasi Marselo o‘g‘li — joriy mavsumdayoq asosiy tarkibda debut qilishi ehtimol haqida xabar berilmoqda. Bu haqida Diario AS nashri ma’lumot berdi.
Manbaga ko‘ra, yosh forvard klub akademiyasidagi samarali o‘yinlari orqali murabbiylar shtabi e’tiborini tortgan. «Real»ning turli yosh toifasidagi jamoalari safida u 150 dan ortiq gol urgani aytilmoqda.
Madrid klubi rahbariyati va murabbiylari Enzo Alvesning salohiyatini yuqori baholamoqda. Xabar qilinishicha, u bosqichma-bosqich asosiy jamoa bilan birgalikda mashg‘ulotlarga yaqinlashib bormoqda va yaqin vaqtlarda Xose Mourinyo qo‘l ostida o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.
Alves markaziy hujumchi sifatida o‘ynaydi va «La Fabrika» tizimida tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ushbu akademiya ko‘p yillardan beri «Real» uchun eng muhim yoshlar manbai sifatida tanilgan.
Enzoning otasi Marselo 2007 yildan 2022 yilgacha madridliklar sharafini himoya qilgan. 15 mavsum davomida braziliyalik himoyachi jamoa tarixidagi eng ko‘p sovrin yutgan futbolchilardan biriga aylanishib, umumiy hisobda 25 ta trofey qo‘lga kiritgan.
«Real» tarkibida Marselo olti marta Ispaniya chempioni bo‘lgan, besh marta Chempionlar ligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u bir necha yil davomida jamoa sardori sifatida maydonga tushgan.
Izohlar (0)