"Real" Mastantuoni boshqa Yevropa klubiga yuboradi
«Real»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourin'yu hozircha argentinalik yarim himoyachi Franko Mastantuononi jamoa rejalariда ko‘rmayapti.
Insayder va jurnalist Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Madrid klubi rahbariyati 18 yoshli futbolchini ijaraga jo‘natish bo‘yicha qaror qabul qilgan. Shu bilan birga, uni yana «River Pleyt»ga qaytarish varianti ko‘rib chiqilmayapti. «Real» Mastantuono uchun 2026/27 yilgi mavsumda Evropada yangi jamoa topishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili madriddliklar istiqbolli argentinalik futbolchi transferi uchun 45 million yevro to‘lagan edi. Ammo hujumkor yarim himoyachi Evropadagi ilk mavsumida kutilgan darajada o‘yin ko‘rsata olmadi: 35 uchrashuvda uchta gol urdi va bir marta golli pas berdi, xolos.

Fikrlar