“Real” Mbappe transferini inkor qilmoqda

  • 9 iyul, 2023, 22:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbolni yoritayotgan aksariyat nashrlar “Real” rahbariyati Kilian Mbappeni olishga harakat qilayotgani haqida yozmoqda.

Biroq, “Qirollik klubi” frantsiyalik futbolchi transferi bo‘yicha PSJ va Mbappening o‘zi bilan muzokara o‘tkazganini inkor qilmoqda. Bu haqda Marca nashri ma’lumot tarqatdi.

Manbaning ta’kidlashicha, “Real” Mbappe atrofidagi jarayonni kuzatish bilan cheklanmoqda. Futbolchi va klub o‘rtasidagi ziddiyatning kuchayib borayotgani madridliklar foydasiga ishlaydi.

“Kirollik klubi” tomonlarning kelishmovchiligi oxir-oqibat Mbappening transfer summasi pasayishiga olib kelishiga umid qilyapti. Qolaversa, 24 yoshli hujumchining shu yoz “Real”ga o‘tishi jamoaning iski muhitini buzishi mumkinligi aytilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!