"Real" Mbappe transferini qishning o‘zida hal qilmoqchi

  • 30 dekabr, 2023, 02:12
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ vakili Kilian Mbappening parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi. 

Tecno

Hujumchi erkin agent sifatida "Real" tarkibiga qo‘shilishi kutilmoqda, lekin hali madridliklar rasmiy taklif bilan chiqmadi va hech qanday muzokaralar olib borilayotgani yo‘q. 

"The Athletic" nashri xabar berishicha, tez orada "Real" futbolchiga taklif yuboradi va yanvar oyining o‘rtalariga qadar kutadi. Klub bu safar jiddiy qadam tashlamoqda va transferni tezroq hal qilishni istaydi. 

PSJ ham hali yangi shartnoma borasida gap ochgani yo‘q. Ammo Frantsiya klubi ham tez orada uni olib qolish yo‘llarini izlay boshlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Азизжон
30/12/2023 06:29
Э жонга тегди Реалингам. Мбаппе хам