“Real” Mbappe va yana uchta yulduzni transfer qiladi

  • 1 fevral, 2024, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” joriy mavsum yakunlanganidan keyin tarkibini to‘rt nafar futbolchi bilan kuchaytirishga qaror qildi.

Tecno

But Football Club nashrining xabar berishicha, madridliklarning asosiy nishoni hamon “Pari Sen-Jermen” forvardi Kilian Mbappe bo‘lib turibdi.

Manbaning ta’kidlashicha, 25 yoshli futbolchi bilan muzokaralar davom etmoqda, biroq tomonlar asosan maosh borasida bir to‘xtamga kela olmayapti. Madridliklar to‘purarga bir mavsum uchun 30 million evro atrofida maosh bermoaqchi. PSJ esa Mbappege reklama va boshqa to‘lovlarsiz xizmat haqi sifatida 100 million evro taklif qilyapti.

“Qirollik klubi” yozgi transferlar vayatida “Nyukasl”dan Bruno Gimaraynsh, “Bavariya”dan Alfonso Devis hamda “Manchester Siti”ga tegishli, ammo mavsumni ijara asosida “Jirona” safida o‘tkazayotgan himoyachi Yan Koutuni ham olishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!