“Real” Mbappeni olish uchun bir yulduzidan voz kechdi

  • 14 sentabr, 2021, 11:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” kelasi yozda bir necha katta transferlarni amalga oshirishga qaror qilgan. Madridliklarning asosiy nishoni sifatida PSJ hujumchisi Kilian Mbappe belgilangani barchaga ma’lum.

Tecno

Frantsiyalik futbolchi yozda erkin agentga aylansa-da, uni olib kelish uchun kattagina mablag‘ sarflanishi kerak bo‘ladi.

“Qirollik klubi” rahbariyati qo‘shimcha mablag‘ga ega bo‘lish uchun birinchi navbatda Edin Azarni sotib yuborishga qaror qildi.

30 yoshli belgiyalik hujumkor futbolchi “Chelsi”dan olib kelinganidan beri o‘z darajasida o‘ynay olgani yo‘q. U ko‘p jarohat olmoqda va shu tufayli jamoaga foyda keltirmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!