"Real" Mbappeni olishga tayyor

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ o‘z hujumchisi Kilian Mbappe bilan shartnomani uzaytirish ustida ish olib bormoqda. "Real" klubi esa vaziyatni diqqat bilan kuzatyapti.

Frantsiyalik futbolchining bitimi 2022 yilga qadar mo‘ljallangan. Parij klubi forvard bilan yozgacha kelishuvga erisha olmasa, madridliklar uni xarid qila olishiga ishonadi. Bu holatda, ispan klubi bitim taxminan 180 mln evroga tushishini rejalashtirmoqda.

As nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, Mbappe amaldagi klubining 3 ta taklifini rad etib ulgurgan. Agar tovon puli ko‘tarilsa, u kelishuvni qabul qilishi mumkin.

Bunday vaziyat "Real" uchun muammo bo‘lishi mumkin. Chunki, uning narxi "qaymoqranglilar" berishga tayyor bo‘lgan 180 mln evrodan yuqori bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!