Asosiy mazmunga oʻtish

«Real» Mourinьoga shart qoʻydi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

«Real» prezidenti Mourinyuga faqat ikki o‘yin muhlat berdi, mag‘lubiyat bo‘lsa, u bilan shartnoma bekor qilinishi mumkin.

Madridning «Real» klubi bosh murabbiy Joze Mourinyuning taqdiri yuzasidan keskin qaror ostonasida turibdi. TEAMtalk nashri xabariga koʻra, portugaliyalik mutaxassis yaqin kunlarda ishidan qolishi mumkin.

Maʼlumotlarga qaraganda, klub prezidenti Florentino Peres Mourinyuga vaziyatni tuzatish uchun atigi ikki oʻyin muddat bergan. Agar «Real» Chempionlar ligasida «Leyptsig»ga, La Liga doirasida esa «Barselona»ga magʻlub boʻlsa, Joze Mourinyu bilan shartnoma bekor qilinishi kutilmoqda.

Bundan avvalroq, madridliklar rahbariyati Mourinyu faoliyatidan mamnun emasligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Klub unga katta ishonch bildirib, jamoa boshqaruvida, shu jumladan transfer siyosatida ham keng vakolatlar bergan. Shu bois rahbariyat jamoadan tezkor natija va aniq taraqqiyot kutgan, ammo bu hozircha oʻzini oʻqlamayotgani aytilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q