"Real" murabbiylar shtabi: Kichik tanaffus rivojlanish uchun vaqt beradi

  • 22.12.2025 23:12
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real"ning murabbiylar shtabi so‘nggi o‘yinlarda qayd etilgan natijalar jamoaga muayyan ma’noda vaqt yutib bergan, deb hisoblamoqda.

Madridliklar oxirgi uch uchrashuvda ketma-ket g‘alabaga erishdi: La Ligada "Alaves" (2:1) va "Sevilya" (2:0) mag‘lub etildi, Ispaniya Kubogida esa "Talavera" ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozonildi. 

"The Athletic" nashrining xabariga ko‘ra, Xabi Alonso va uning shtabi ushbu g‘alabalar tufayli vaziyatni barqarorlashtirish uchun qo‘shimcha vaqt qo‘lga kiritilganini o‘ylamoqda. Ular Rojestvo tanaffusi jamoadagi muammolarni bartaraf etishga yordam beradi, deb umid qilmoqda. Murabbiylarning fikricha, natijalar pasayishining asosiy sabablaridan biri — jarohatlar fonida yuzaga kelgan charchoq va tarkibda chuqurlik etishmasligi.

Shu bilan birga, klub rahbariyati Rojestvo bayramlari davrida keskin qarorlar qabul qilishi ehtimoli past ekani qayd etilmoqda. Biroq Xabi Alonsoning klubdagi o‘rni hali ham jiddiy kuzatuv ostida qolmoqda. Ispaniya Superkubogidagi ishtirok jamoa qay darajada real o‘sishga erishganini ko‘rsatib berishi kerak.

Tanaffusdan keyingi ilk o‘yinda "Real" "Betis"ga qarshi maydonga tushadi. Ispaniya Superkubogi yarim finalida esa "qirollik klubi" "Atletiko" bilan to‘qnash keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!