
"Real" muxlislari uchun xushxabar! Tchuameni safga qaytdi
"Real" futbolchisi Orelen Tchuameni safga qaytdi. U bugun jamoaviy mashg‘ulotlarda ishtirok etgani aytilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, yarim himoyachi "qirollik klubi"ning "Vilyarreal"ga qarshi kengaytirilgan tarkibidan joy oladi. Uning maydonga tushish-tushmasligi esa so‘roq ostida bo‘lib turibdi.
Ma’lumot o‘rnida, Tchuameni joriy mavsum La Liganing 11 o‘yinida bitta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Chempionlar ligasida esa frantsuz 3 ta bahsda maydonga tushirilgan.
Fikrlar