"Real" muxlislari uchun zo‘r xushxabar!

  • 29 may, 2022, 16:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda jurnalist-insayder Fabritsio Romano o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi yangi kelishuv 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Qayd etilishicha, tomonlar yangi shartnoma borasida ikki oy avval to‘liq kelishib olishgan, biroq bu kelishuv og‘zaki bo‘lgan. Endi esa barcha kerakli hujjatlar imzolangan va faqatgina buni "Real" tomoni rasman e’lon qilishi qolgan xolos.

Eslatib o‘tamiz, 36 yoshli Modrich kecha "Real" safida navbatdagi Chempionlar ligasini qo‘lga kiritdi. Bu “Real” uchun 14-, Luka uchun esa “qirollik klubi”dagi 5-Chempionlar ligasi g‘olibligi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!