"Real" muxlislari uchun zo‘r yangilik bor! (FOTO)

  • 22 aprel, 2021, 21:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Real” Madrid klubi sardori Serxio Ramos koronavirusdan to‘liq forig‘ bo‘ldi va mashg‘ulotlarga kirishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

35 yoshli futbolchi joriy mavsum "qaymoqranglilar" safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 gol va 1 ta assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 30 iyunda o‘z yakuniga etadi.

"Qirollik klubi" rahbariyati Ramos bilan kelishuvni uzaytirish borasida bir to‘xtamga kela olmayapti. Unga PSJ, "Yuventus" hamda "Manchester Yunayted"dan qiziqish borligi haqida ma’lumotlar tarqalgan.

“Real” o‘zining navbatdagi uchrashuvini 25 aprel kuni o‘z maydonida “Betis”ga qarshi o‘tkazadi.

Izobrajenie

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!