"Real" Neymarning transferiga Beyl yoki Xamesni qo‘shib berishga tayyor
Madridning "Real" klubi hamon PSJ hujumchisi Neymarni sotib olishdan umidini uzmayapti.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 27 yoshli braziliyalik futbol yulduzi evaziga parijliklarga 130 million evro va o‘z futbolchilaridan biri - Garet Beyla yoki Xames Rodrigesni berishga tayyor.
Bundan avvalroq ular Kazemironi taklif qilishayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Neymar PSJ safiga bundan 2 yil muqaddam “Barselona”dan 222 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Endi esa Frantsiya chempioni uni 300 mln evrodan kamiga qo‘yib yubrmoqchi emas.
Ta’kidlash kerakki, “Real” Xamesni ham, Beylni ham transferga qo‘ygan. Boisi, bosh murabbiy Zinedin Zidan ularni jamoada ko‘rishni xohlamayapti.
Fikrlar