"Real"ning hafsalasini pir qilgan futbolchi nomi aytildi

  • 06.09.2026 10:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Futbolchi jiddiy xatoga yo‘l qo‘ydi. «Real» rahbariyati himoyachi Raul Asensiodan qattiq norozi. Bu haqida Onda Cero xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi mast holatda rulga o‘tirgan. Shuning uchun Asensioga jarima solingan va uning haydovchilik guvohnomasi muayyan muddatga olib qo‘yilgan. Madrid klubi himoyachiga nisbatan ichki intizomiy tekshiruv boshlagan.

Raul Asensio — «Real» akademiyasi tarbiyalanuvchisi. O‘tgan yozda madridliklar uni sotishni rejalashtirgan, ammo futbolchining o‘zi Ispaniya klubini tark etishdan bosh tortgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!