"Real" Olise uchun 200 million evrolik taklif tayyorlamoqda
Bilolbek Imomov
Madridliklar katta taklif tayyorlamoqda
"Real Madrid" myunxenliklardan Maykl Oliseni olish uchun katta transfer rejasini ishga solmoqchi.
"Sky Sports" ma'lumotiga ko'ra, madridliklar avval 150 million yevro taklif qilgan, ammo "Bavariya" bu taklifni rad etgan.
Shundan so'ng "Real" yangi taklif — 200 million yevro tayyorlamoqda. Biroq myunxenliklar o'z yulduzini bu summadan ham yuqori baholamoqda.
24 yoshli fransuz futbolchisi 2024 yil yozidan buyon "Bavariya" safida o'ynab kelmoqda. Uning shartnomasi 2029 yil iyuniga qadar amal qiladi.
Transfermarkt portali Olise qiymatini 150 million yevro deb baholagan.

Izohlar (0)