“Real” orzusiga etolmaydi
“Real” o‘zi orzu qilgan yarim himoyachi Jovanni Reynani qo‘lga kirita olmaydi. “Borussiya” rahbariyati iste’dodli futbolchini Madridga qo‘yib yubormaydigan bo‘ldi.
Ayni paytda dortmundliklar 17 yoshli amerikalik futbolchi bilan uzoq muddatli yangi shartnoma borasida muzokara o‘tkazmoqda. Agar Reyna jamoada qolishga ko‘nsa, yiliga 2,5 million evro miqdorida maosh oladi.
Joriy mavsumda to‘rtta uchrashuvda bitta gol urib, uchta golli pas oshirgan yosh futbolchiga “Real”dan tashqari “Liverpul” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar