"Real" osiyolik futbolchini sotib olishi mumkin
"Tottenxem" futbolchisi Son Xyon Min faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda "OK Diario" jurnalisti Eduardo Inda xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, janubiy koreyalik yarim himoyachi "qaymoqranglilar" transfer ro‘yxatidan o‘rin olgan. Madridliklar uni hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun xarid qilmoqchi. Son "Qirollik klubi" uchun 3-variant ekanligi aytilmoqda.
Madridliklar Kilian Mbappe yoki Erling Xolanddan birini sotib ololmasa, "Tottenxem" bilan muzokara o‘tkazishi mumkin.

Fikrlar