"Real" o‘z yulduzini Virtsga almashtirmoqchi
Madridning "Real" klubi "Liverpul" yarim himoyachisi Florian Virtsni olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. 22 yoshli futbolchi hozirgacha Premer-ligada o‘zini ko‘rsata olmadi va katta umidlarga javob bermadi.
Virtsga bo‘lgan qiziqish hanuz "qirollik klubi"da kuchli, ularni Xabi Alonso boshqarmoqda. Alonso Florian bilan "Bayer"da birga ishlagan va uni yaxshi biladi.
"Defensa Central"ning xabar berishicha, "Real" "Liverpul"ga nemis futbolchisini Rodrigo bilan almashish taklifini berishi mumkin. Braziliyalik asosiy tarkibga kira olmayotgani uchun "qaymoqranglilar" uni 2026 yilda sotishga tayyor.
Transfermarkt portali Virtsning narxini 130 million evro, Rodrigonikini esa 80 million evro qilib baholagan.
Fikrlar