
“Real” o‘zi ish bermagan yulduzni qayta sotib olmoqchi
“Real” yozgi transferlar vaqtida himoya chizig‘ini mustahkamlashga harakat qiladi. Madridliklar bir necha himoyachini nishonga olgan.
“Qirollik klubi” mutasaddilari PSJ etakchilaridan hisoblangan Ashraf Hakimini yana ortga qaytirishga qaror qildi.
Marokashlik qanot himoyachisi “Real”da tarbiyalanuvgan bo‘lsa-da, unga asosiy tarkibdan joy tegmagan. Avvaliga “Borussiya Dortmund”ga ijara berilgan himoyachini keyinchalik 43 million evro evaziga 2020 yili “Inter”ga sotib yuborishdi.
Milanliklar Hakimidan yaxshi foydalandi. “Inter” 2021 yilgi chempionlik mavsumidan keyin Ashrafni 68 million evroga PSJga o‘tkazdi.
Bugungi kunda 25 yoshli qanot himoyachisining transfer summasi 60 million evroni tashkil qilmoqda.
Fikrlar