“Real” o‘zi qadrlamagan yulduzni Madridga qaytarmoqchi

  • 2 noyabr, 2023, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” mutasaddilari klub tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Ashraf Hakimini asosiy jamoaga qabul qilmagan edi.

Tecno

Avvaliga “Borussiya” Dortmundga ijaraga berilgan himoyachi keyinchalik “Inter”ga jo‘natilib, 2020 yili yozda to‘liq sotib yuborildi.

Ashraf 2021 yili Milan shahrini tark etib, PSJdan qo‘nim topdi. Marokashlik himoyachi Germaniya, Italiya va Frantsiya chempionatlarida ham yuqori saviyada o‘ynayapti.

Endi madridliklar o‘ng qanot himoyasidagi muammolarni yopish uchun 24 yoshli futbolchini ortga qaytarmoqchi.

Hozir Ashraf Hakimining transfer summasi Madpiddan ketgan paytdagi narxdan ancha ko‘tarilgan. “Real” uni olish uchun 70 million evro atrofida xarajat qilishii kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!