
"Real" Pogbani sotib olish fikridan qaytdi
Madridning "Real" klubi "Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogbani sotib olmaydi. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qirollik klubi”ning bunday qarorga kelishiga sabab 26 yoshli frantsuzning juda baland transfer narxi sabab bo‘lgan. Chunki, “Manchester Yunayted” uni 150 mln evroga baholamoqda.
Endi madridliklar bor e’tiborini "Tottenxem"ning daniyali yarim himoyachisi Kristian Eriksenga qaratiladi. Ushbu transfer ularga taxminan 70 mln evroga tushishi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan Pogbani, klub prezidenti Florentino Peres esa Eriksenni sotib olishni xohlayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar