"Real" Pogbaning transferi borasida MYuga ilk rasmiy taklifini yubordi
Madridning "Real" klubi "Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogbaning transferi borasida ilk rasmiy taklif yubordi.
Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 26 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun “qizil iblislar”ga 159 mln evro taklif qilgan. Ta’kidlash kerakkki, “Real” Pogba masalasida APLda transfer oynasi yopilishiga 10 kun qolganida harakatni boshladi.
Ma’lumotlarga qaraganda MYu endi 76 mln evroga Brunu Fernandeshni va 87 mln evroga Sergey Milinkovich-Savichni sotib oladi. Ana shundan so‘nggina ular Pogbani “Real”ga qo‘yib yuborishadi.

Fikrlar