"Real" premer liga vakiliga Beyl va 80 mln evro bermoqchi

  • 4 iyul, 2019, 15:26
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tuttosport" saytining ma’lum qilishicha, Ispaniyaning "Real Madrid" klubi Angliya premer ligasida to‘p suruvchi Pol Pogba borasida yuqori tempda muzokaralar olib bormoqda.

Tecno

"Manchester Yunayted"ga futbolchi uchun ispaniyaliklar 80 mln evro va Garet Beylni berishmoqchi. Beylning transfer narxi 90 mln evroga baholanib, Pogba 170 mln evroga teng miqdorda transfer qilinish ehtimoli yuqori.

Pogba so‘nggi mavsumda premer liga doirasidagi bahslarda 35 bor maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 9 bor assistentlik qildi. Bundan tashqari 6 ta sariq kartochka ham olgan. "Qizil iblislar" bilan frantsiyalikning shartnomasi 2021 yilgacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!