"Real" PSJ yulduzi uchun 150 million yevro taklif qildi
Yevropa matbuotiga ko‘ra, «Real» klubi PSJning portugaliyalik yarim himoyachisi Vitinyani o‘z safiga qo‘shib olish niyatida.
Ma’lumotlarga qaraganda, madridliklar futbolchi uchun juda katta taklif kiritgan. «Real» Vitinya transferi uchun 150 million yevro to‘lashga tayyor ekani aytilmoqda.
Klub rahbariyati uni jamoaga o‘tishdan bosh tortgan Rodrigaga munosib almashinuvchi sifatida ko‘rmoqda.
PSJ rahbariyatining bu taklifga munosabati hozircha oshkor etilmagan.
Eslatib o‘tamiz, «Real» joriy mavsumni La Ligada muvaffaqiyatli boshladi. Madrid klubi dastlabki ikki uchrashuvda ham g‘alaba qozondi. Xususan, chempionatning birinchi turida «Real Sosyedad» ustidan 4:1 hisobida ishonchli g‘alaba qayd etdi.

Fikrlar