“Real” PSJ yulduzini ikki grand bilan talashyapti

  • 27.03.2026 15:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Pari Sen-Jermen” yarim himoyachisi Joau Neves faoliyatini Evropaning boshqa top-klublarida davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

21 yoshli futbolchiga hozirning o‘zida Madriddning “Real”, Angliyaning “Liverpul” va “Manchester Siti” klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Bu haqida taniqli insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaning ta’kidlashicha, da’vogar klublarga portugaliyalik o‘yinchini olish juda qiyin bo‘ladi. Chunki Joau Nevesnng o‘zi Parijdan ketishni istamayapti.

Klub rahbariyati ham yetakchilaridan birini faqat katta – summa 160 million evrodan yuqori narx taklif etilsagina sotishi mumkinligi aytilmoqda. Bundan tashqari PSJ xo‘jayinlari o‘yinchi bilan yangi shartnoma tuzishga harakat qilyapti.

Transfermarkt portali ekspertlari Joau Nevesning bozor qiymatini 110 million evro, deb baholagan. Uning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!