
“Real” qamchini bosdi. Mbappe Madridga qachon kelishi hal bo‘ldi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe jamoa yig‘inlaridan chetlatilganidan keyin Parijdan ketishi aniq bo‘lib qoldi.
Parijliklar agar futbolchi shartnomani uzaytirmasa yoki boshqa klubga o‘tishdan bosh tortsa, uni bir yil o‘ynatmaslikka tayyor ekanini ko‘rsatib qo‘ydi.
Ayni paytda, 24 yoshli hujumchini “Manchester Yunayted”, “Arsenal”, “Liverpul”, “Tottenxem”, “Chelsi” va “Al-Hilol” o‘z safiga chorlamoqda. Vaziyat jiddiylashib ketgach, “Real” ham transfer uchun harakatni boshladi.
Avvaliga, Kilian Mbappeni kelasi yili erkin agent sifatida qo‘lga kiritish ilinjida masalaga aralashmay turgan madridliklar endi o‘yinchi qo‘ldan chiqib ketmasligi uchun savdoga qo‘shilishga majbur bo‘lmoqda.
Madrid Xtra nashrining yozishicha, “Qirollik klubi” bu transferga etadigan mablag‘ jamg‘arib qo‘ygan. Madridliklar Mbappe transferini avgust oyining boshida amalga oshirmoqchi.
Fikrlar