“Real”: Qidirgan futbolchimiz yonimizda ekan!

  • 27.01.2026 08:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” klubi rahbariyati keyingi yozgi transferlar mavsumida jamoa tarkibi, xususan, himoya markazida kadrlar almashinuvini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

“Qirollik klubi” skautlari ayni paytda  La Ligada “Betis” jamoasi sharafini himoya qilayotgan braziliyalik legioner Natanning o‘yinlarini va ko‘rsatkichlari sinchkovlik bilan kuzatib kelyapti.

Bu futbolchi Angliya Premier-ligasi vakillaridan “Chelsi” hamda “Nyukasl Yunayted”ning ham nishonida turganini alohida ta’kidlash lozim.

Sevilya shahri klubi himoyachi uchun 40 million evrodan 50 million evrogacha narx belgilagan. Bu haqida jurnalist Ekrem Konur X ijtimoiy tarmog‘ida xabar qildi.

Futbolchining klub bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Joriy mavsumda Natan barcha musobaqalarda 27 ta o‘yinda qatnashib, 1 ta golli uzatma amalga oshirgan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning qiymati 20 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!