“Real” qimmat o‘yinchini arzonga olish imkoniyatidan voz kechdi

  • 7 iyun, 14:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati yakunlangan mavsumda A Seriyada yuqori darajada o‘ynab, Evropaning qator klublarini o‘ziga qaratgan tarbiyalanuvchisi Nikolasni Pasni qayta sotib olish huquqidan voz kechdi.

Tecno

Gap shundaki, o‘tgan yoz argentinalik hujumkor futbolchini “Komo”ga olti million evroga sotib yuborgan “Qirollik klubi”da o‘yinchini 8 million evro evaziga qayta sotib olish imkoni bor edi.

Biroq  “Real” Argentinaning boshqa vunderkindi – “River Pleyt” tarbiyalanuvchisi Franko Mastantuono oladigan bo‘ldi. Bu transfer hal bo‘lganidan keyin madridliklar Nikolas Pas variantidan yuz o‘girdi.

Ayni paytda Nikolas Pasga boshqa klublardan taklif etarli. Uning narxi bir yilda 35 million evroga etdi. Pasning o‘zi ham muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida “Real”ga qaytmasligini aytib kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!