"Real" qishki transferlardan voz kechdi

  • 12.01.2026 23:07
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real" yanvar oyida yangi futbolchilarni sotib olishni rejalashtirmayapti. "The Athletic" nashrining xabar berishicha, Madrid klubi qishki transferlar bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmagan.

Klub rahbariyati fikricha, hozirgi tarkib La Liga, Ispaniya Kubogi va Chempionlar ligasida mavsumning hal qiluvchi bosqichiga qadar g‘alaba uchun kurashishga yetarlicha iqtidorli.

Qayd etilishicha, "Real" qishki transfer bozorida faol bo‘lishdan ehtiyot bo‘lmoqda. Sababi bu davrda sifatli variantlar kam bo‘ladi, mavjud nomzodlar esa juda qimmatga tushishi mumkin.

Ayni paytda madridliklar La Liga turnir jadvalida 19 turdan keyin 45 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalab turibdi va yetakchi "Barselona"dan 4 ochko ortda qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!