"Real" rahbariyati "Manchester Siti" futbolchini ko‘zlayapti

  • 20.08.2026 16:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti»ning markaziy yarim himoyachisi Niko Gonsales faoliyatini madridlik «Real» jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqida jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, «Real» 24 yoshli futbolchini o‘z transfer ro‘yxatiga kiritgan. Bunga klubning Rodri Ernandesni qo‘lga kirita olmagani sabab bo‘lgan. Shu bilan birga, madridliklar «Kristal Pэlas» yarim himoyachisi Adam Uortonni ham ehtimoliy variant sifatida ko‘rib chiqishda davom etmoqda.

Yangi mavsumda Gonsales maydonga faqat bitta o‘yinda tushdi va hali gol yoki golli pas bilan ajralib turmadi.

«Manchester Siti» bilan yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ispaniyalik futbolchining bozor qiymatini 40 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!