“Real” rahbariyati Zidan voz kechgan futbolchini ortga qaytaradi

  • 11 dekabr, 2020, 10:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Zinedin Zidanga ma’qul kelmagani uchun “Real”ni tark etishga majbur bo‘lgan Serxio Regilon kelasi mavsum oldidan Madridga qaytarilishi kutilmoqda.

Tecno

“Qirollik klubi” xo‘jayinlarga “Tottenxem”dan qo‘nim topgan 23 yoshli himoyachining o‘yinlari manzur bo‘lmoqda. “Real” tarbiyalanuvchisi ortga qaytish imkoniga ega bo‘lishi uchun bundan keyin ham yuqori darajada o‘ynashni davom ettirishi kerak.

Shuningdek, madridliklar Regilonni Zinedin Zidan ketganidan keyin olib kelishni rejalashtirgan.

“Real” Regilonni sentyabr oyida 30 million evroga transfer qilgan edi. Endi uni Mourino qo‘l ostidan qaytarib olish uchun 40-45 million evro to‘lashi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!