
“Real” Ramosdan to‘liq voz kechdi
“Qirollik klubi” rahbariyati jamoa sardori Serxio Ramos bilan xayrlashuv marosimiga tayyorgarlikni boshlab yuborildi. Futbolchi va klub o‘rtasidagi muzokaralardan hamkorlik bo‘yicha bir to‘xtamga kelib bo‘lmadi.
Bunga ko‘p jihatdan Ramosning jamoadoshlarini klub rahbarlari tomonidan ilgari surilgan maoshlarni qisqartirish taklifini qo‘llab-quvvatlamaslika chaqirgani sabab bo‘ldi.
Shunga qaramay, “Real” prezidenti shu oy davomida Ramosning xayrlashuv marosimini o‘tkazib bormoqchi. Tadbirda ispaniyalik futbolchi o‘z jamoadoshlari va “Real”da qo‘lga kiritgan 22 sovrini bilan suratga olinadi.
Hali Ramos klubning bu taklifiga munosabat bildirgani yo‘q. U 2005 yildan beri madridliklar sharafini himoya qilib kelayotgan edi.
Fikrlar