Asosiy mazmunga oʻtish

"Real" Rodrigа qiziqmayapti — klub boshqa nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Klub mutasaddilari boshqa variantlarni o‘rganmoqda

Madridning "Real" klubi yozgi transfer oynasi oldidan Rodrini asosiy maqsadlar roʻyxatiga kiritmagan. Bu haqida "As" nashri xabar bermoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, "qaymoqranglilar" yarim himoya chizigʻini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Biroq "Manchester Siti"ning 29 yoshli yarim himoyachisi Rodri madridliklar rejasiga kirmaydi.

Futbolchining "shaharliklar" bilan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi. Shuningdek, ingliz klubi u bilan kelishuvni uzaytirish boʻyicha yangi taklif ham bergan.

Manbaga koʻra, "Manchester Siti"ning koʻplab futbolchilari klubdagi kelajagini bosh murabbiy Pep Gvardiolaning qarori bilan bogʻlamoqda — ispaniyalik mutaxassis jamoa boshida qoladimi yoki yoʻq.

Qayd etilishicha, "Real" ayni paytda "Kristal Pэlas" futbolchisi Adam Uorton, "AZ" vakili Kes Smit hamda PSJ yarim himoyachisi Vitinʼya nomzodlarini oʻrganmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q