“Real” Ronalduni nega tabrikladi?

  • 3 fevral, 2021, 17:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya kubogi yarim finalining birinchi uchrashuvida “Inter” darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qilgan Krishtianu Ronaldu rasmiy uchrashuvlardagi gollari sonini 763 taga etkazib oldi.

Tecno

Ispaniyaning  Marca nashri Krishtianu professional futbolchi sifatida 762 tadan gol urgan Pele va Yozef Bitsandan o‘zib ketganini e’tirof etdi. Portugaliyalik hujumchi faoliyati davomida “Real”da  451, “Manchester Yunayted”da 118, “Yuventus”da 87, “Sporting”da 5 va Portugaliya terma jamoasida 102 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.

“Real” Ronalduning  tarixiy natija qayd etganini tan olib, uni tabrikladi.

Klubimiz uchun eng ko‘p gol urgan hujumchi jahon futbolida ham eng zo‘r to‘purar bo‘ldi. Tabriklaymiz, - deyiladi “Real” bayonotida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!