"Real" Salibani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 1 mart, 12:22
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Vilyam Saliba faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. "Real" futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda

"Relevo" nashri xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" frantsiyalik himoyachini 2026 yilning yozida arzonroq narxda sotib olmoqchi yoki 2027 yilning iyunida erkin agent sifatida shartnoma imzolamoqchi. Avvalroq, OAVda Madrid jamoasi Salibaga 80 million evro to‘lashga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Joriy mavsumda 23 yoshli fulbek "kanonirlar" safida APLda 25 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Chempionlar ligasida esa oltita o‘yin o‘tkazdi. Uning "Arsenal" bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!