“Real” sardori “Barsa” tarbiyalagan futbolchini kutyapti
“Real” sardori Serxio Ramos jamoa o‘yinini kuchaytirish uchun Ispaniya terma jamoasidagi sherigi Adama Traore kerak, degan fikrga keldi.
Madridliklarning tajribali himoyachisi “Vulverxempton”da zo‘r o‘ynayotgan hamyurtini transfer qilish masalasida “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peresga o‘z takliflarini aytgan.
Qizig‘i shundaki, futbolchilar orasida baquvvat mushaklari bilan ajralib turadigan Traore asli “Real”ning ashaddiy raqibi “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Traorening transferi 70 million evroga baholanmoqda. Bu futbolchiga Angliyaning o‘zidan ham grand klublar xaridor bo‘lmoqda. “Bo‘rilar” ham uni olib qolish uchun yangi shartnoma taklif qilyapti.

Fikrlar