"Real" "Siti"ga kerak bo‘lmay qolgan futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 14 yanvar, 16:39
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" "Manchester Siti" himoyachisi KayL Uokerni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "TBR Football" nashri xabar berdi. 

Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, unga "Bavariya" va "Milan"dan ham takliflar bor. Avvalroq, Pepning o‘zi Uoker uni qo‘yib yuborishlarini so‘rayotgani haqida xabar bergandi. 

Angliyalik vinbekka Saudiya Arabistonidan ham takliflar bor, ammo Uokerning o‘zi Evropada faoliyatini davom ettirish niyatida. 

34 yoshli futbolchi 2017 yildan buyon "shaharliklar" sharafini himoya qilmoqda. Bu vaqt ichida u 17 ta sovrin yutishga muvaffaq bo‘lgan. 


 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!