“Real” sobiq hujumchisi: “Mbappe ketchupga o‘xshaydi”

  • 04.09.2024 19:09
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real"ning sobiq hujumchisi Xoselu Kilian Mbappening "Qirollik klubi" libosidagi ilk o‘yinlari haqida gapirdi. Eslatib o‘tamiz, frantsiyalik futbolchi La Liganing so‘nggi turida “Betis” darvozasiga dubl qayd etgan bo‘lsa-da, bungacha ketma-ket 3 uchrashuvda gol ura olmadi.

“Mbappeni tanqid qilishmi? Shaxsan menda hech qanday shubha yo‘q. Mbappe ketchupga o‘xshaydi. Avvaliga siz uni siqib chiqarasiz va u chiqmaydi, lekin keyin barcha ketchut bir vaqtning o‘zida chiqadi. U allaqachon "Betis"ga qarshi o‘yinda ikkita gol urgan va keyin ham shunday qiladi”, - dedi Xoselu “Madrid Zone” bilan bo‘lgan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Xoselu o‘tgan mavsumda Madrid klubi bilan La Liga va Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan, ammo keyin jamoani tark etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!