"Real" sobiq ustozi "Manchester Yunayted"da ish boshlashi mumkin
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yaqin yillardagi ish joyini hal qildi.
Italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti Braziliya futbol konfederatsiyasiga yakuniy qarorini aytdi. Murabbiy 2030 yilgacha Lotin Amerikasi vakillari bilan bitimni uzaytirishga tayyor ekanini ma'lum qilgan, deb xabar bermoqda "The Athletic" nashri. Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida muzokaralar ijobiy tarzda yakunlangan, biroq hali shartnoma imzolanganicha yo‘q. Anchelotti 2025 yilda Madriddning "Real"ini tark etganidan so‘ng, Braziliya terma jamoasida ish boshlagan edi. So‘nggi vaqtlarda 66 yoshli mutaxassisning "Manchester Yunayted"da mavsum yakunida Maykl Kerrik o‘rnini egallashi mumkinligi haqida ham mish-mishlar paydo bo‘lmoqda.
Ma'lumot uchun, Anchelottining “Real”, “Bavariya”, “Napoli”, PSJ, va “Milan” kabi dunyoning grand klublarida ishlagan.
Fikrlar