"Real" sobiq yulduzi Evropaga qaytishi mumkin
Kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodriges 2026 yilda La Ligada o‘ynashni maqsad qilmoqda.
"Fichajes" nashrining bergan ma’lumotlariga ko‘ra,Rodriges mundialgacha Evropaga qaytib, o‘zining sport formasini tiklab olishni maqsad qilgan. 34 yoshli futbolchi hozirda Meksikaning "Leon" jamoasi safida harakat qilmoqda. Xamesning amaldagi shartnomasi dekabr oyida tugaydi, biroq futbolchi uni uzaytirish niyatida emas. Ayni vaqtda Rodrigesga Ispaniyaning "Valensiya" klubi qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kolumbiyalik futbolchi 2014 yildan 2020 yilgacha "Real Madrid" safida harakat qilgan. Shuningdek, Angliyaning "Everton", Gretsiyaning "Olimpiakos", Braziliyaning "San-Paulu" va Ispaniyaning "Rayo Valekano" klublarida ham to‘p tepgan.
Fikrlar