"Real" sobiq yulduzi Madrid klubida qanday qilib ruxiy tushkunlikka tushib qolganini aytdi
"Real" va "Manchester Yunayted" klublarining sobiq himoyachisi Rafael Varan Madrid klubiga o‘tganidan keyin qanday ruhiy muammolarga duch kelgani haqida gapirdi.
"Real"ga o‘tganimdan keyin menda dastlabki muammolar boshlandi. Men 18 yoshda edim va normal yoshligim yo‘q edi. Men yolg‘iz edim, tinimsiz mashq qilardim va deyarli o‘ynamasdim. Orzuyim so‘nib borayotgandek tuyuldi. Maydonda bor e’tiborimni jamlagan edim. Lekin keyin uyga qaytgim kelmadi. Bu tushkunlik edi. Men boshqa hech narsadan zavqlanmadim. Muvaffaqiyatga erishish uchun undan o‘tish kerak deb o‘ylardim. 2018 yilgi jahon chempionatidan keyingi davr ham juda og‘ir kechdi. Orzuingga erishasan, jahon futboli cho‘qqisiga chiqasan, keyin esa halokat yuz beradi. Esimda, pandemiya bu tushkun holatdan chiqishimga yordam berdi. Men bu hissiyotlarning barchasini engib, qayta ishga tushira oldim. Grafik juda katta muammo. Bu biznes ekanligini tushunaman. Yoki 100% o‘ynamaysan, yoki robot kabi o‘ynaysan. Jismoniy jarohatlar soni ortib bormoqda va bu o‘yinchilarning ruhiy salomatligiga katta ta’sir ko‘rsatishi aniq. Bu mening sportdan ketishimning sabablaridan biri bo‘ldi. Jadval aqldan ozdiradigan edi", - deya Varanning so‘zlarini keltirdi Le Monde.
Varan 2011 yildan 2021 yilgacha "Real" safida to‘p surgan. "Qaymoqranglilar" tarkibida futbolchi uch marta Ispaniya chempioni, Ispaniya kubogi g‘olibi, shuningdek, to‘rt marta Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.
Fikrlar