“Real” superto‘purarga katta summa tikyapti
“Real” rahbariyati “Inter”da to‘purarlik mahoratini namoyish etayotgan Romelu Lukakuni transferi bo‘yicha ish boshlashni rejalashtirmoqda.
“Qirollik klubi” 27 yoshli hujumchini olish uchun milanliklarga 85 million evro to‘lashga tayyor. “Inter” hali bu taklifga munosabat bildirgani yo‘q.
Lukaku A Seriya grandi tarkibiga 2019 yilda “Manchester Yunayted”dan 83 million evro evaziga transfer qilingan. Milanliklar bu futbolchini so‘rayotgan klublardan 100 million evrodan ko‘proq kompensatsiya talab qilyapti.
Lukaku joriy mavsumda ettita uchrashuvda ettita gol urib, ikkita golli pas oshirdi.

Fikrlar