"Real" tarixida hali bunaqasi bo‘lmagan edi
“Real” kecha La Liganing 9-turida safarda “Valensiya”ga kutilmaganda 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
E’tiborlisi, “Qirollik klubi” darvozasidan joy olgan gollarning 3 tasi penaltidan kiritildi. Mister Chip tarqatgan xabarga ko‘ra, tarixda ilk bor Ispaniya chempionatida “Real” darvozasiga bitta o‘yinda 3 ta penalti belgilangan.
Uchrashuv hakami Xesus Xil Mansano ikki marta jarima maydonida to‘p qo‘l bilan o‘ynalgani va Marselo raqib futbolchisi Maksi Gomesga nisbatan o‘z darvozasi yaqinida qo‘pollik ishlatgani uchun 11 metrlik nuqtaga ishora qilgan.

Fikrlar