"Real" tarkibida yana yo‘qotish. Bu gal darvozabon safdan chiqdi!

  • 14.05.2025 15:23
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" klubi rasman ma’lum qilishicha, darvozabon Andrey Lunin kechagi mashg‘ulot paytida o‘ng qo‘lidan jarohat olgan va shu bois "Malorka"ga qarshi La Liga uchrashuvi uchun qaydnomadan chiqarilgan. Uning o‘rniga Fran Gonsales jamoa ro‘yxatiga kiritildi.

Ayni paytda, "Real" tarkibida jarohatlar tufayli 10 nafar asosiy futbolchi safdan chiqqan. Ular orasida Antonio Ryudiger, Dani Karvaxal, Eder Militao, Ferlan Mendi, Lukas Vaskes, David Alaba, Eduardo Kamavinga, Vinisius Junior va Rodrigo kabi muhim o‘yinchilar bor. Shuningdek, jarima tufayli Orelen Tchuameni ham uchrashuvda ishtirok etmaydi.

Futbolchining jarohati qanchalik jiddiyligi haqida to‘liq ma’lumot berilmadi. Shu bilan birga, qachon safga qaytishi haqida ham xabarlar tarqatilmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!