“Real” to‘rt nafar top-futbolchini nishonga oldi

  • 18 dekabr, 2024, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Joriy mavsumda himoya chizig‘ida ko‘p muammolarga duch kelayotgan “Real” yozgi transferlar vaqtida tarkibda jiddiy yangilanishlar qilishni rejalashtirmoqda.

Bosh murabbiy Karlo Anchelotti tarkib tanlashda markaziy himoya va o‘ng qanotga munosib nomzod qo‘ya olmayapti.

Transfer News Live va Daily Mail kabi manbalarning yozishicha, “Qirollik klubi” mutasaddilari yozda olinishi mo‘ljallanayotgan himoyachilar ro‘yxatini shakllantirdi.

Bu ro‘yxatga Angliya Premer-ligasida o‘ynayotgan to‘rt nafar top-futbolchi kiritildi. Bular “Manchester Yunayted”dan Lisandro Martines va Diogu Dalot, “Liverpul”dan Trent Aleksander-Arnold hamda “Tottenxem”dan Kristian Romero.

Nishondagi o‘yinchilar orasidan Trentning liverpulliklar bilan shartnomasi yakunlanmoqda va madridliklarda 26 yoshli o‘ng qanot himoyachisini bepul olish imkoni bor.

Transfermarkt portali ekspertlari Romeroni 65 million, Martinesni 50 million va Dalot 40 million evroga baholayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!